Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi
1 / 2

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi

“Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “XALQ NAZORATI” blogida 2026 yil 24 may kuni daho ijodkor, mashhur ingliz shoiri va dramaturgi Uilyam Shekspirning 11 ta dohiyona hikmatlari keltirib o‘tilgan.Ulardan biri ushbu Rasmiy munosabatimizga sarlavha sifatida tanlandi: “Yozishdan oldin o‘ylang!”Oradan atigi bir kun o‘tib, 25 may kuni “xalq nazorat”chilari daho shoirning hikmatiga quloq solmasdan, Sudyalar oliy kengashi raisiga tog‘am deb murojaat qilib, “shu sudyalarni siz tayinlagansiz-a?” qabilida savol qo‘ymoqda!Savolning bunday qo‘yilishi noto‘g‘ri: sudyani faqatgina Kengash raisining bir o‘zi tayinlamaydi. Sudyalar oliy kengashi kollegial organ bo‘lib, uning doimiy asosda faoliyat yuritadigan 13 ta, jamoatchilik asosida 7 ta aʼzosi bor. Sudyalik lavozimlariga tayinlash Kengash aʼzolarining ko‘pchilik ovozi bilan hal etiladi.Ushbu postdagi iddaoga ko‘ra, sudya xato qilganligi uchun u aybdor emas, uni lavozimga tayinlagan Kengash aybdor. (Go‘yoki jinoyatchi emas, uning qilmishi uchun otasi aybdor, agar u shu jinoyat sodir etgan shaxsning dunyoga kelishiga sababchi bo‘lmaganida edi, ushbu jinoyat sodir etilmagan bo‘lar edi, deganga o‘xshash mantiqan noto‘g‘ri tushuncha.)Kimki, sud karoridan norozi bo‘lsa, marhamat yuqori sud instansiyasiga murojaat qilishi mumkin.Ishdagi norozi taraf arizasigina ishni ko‘rib chiqish uchun asos bo‘ladi. Protsessual kodeksda “ijtimoiy tarmoq orqali berilgan maqola ishni ko‘rish uchun asos bo‘lishi” belgilanmagan.Agarda sud qaysidir ish bo‘yicha amaldagi protsessual tartibga rioya etmasdan shikoyatni ish yurituviga qabul qilgan bo‘lsa, bunga ham faqat va faqat yuqori turuvchi sud baho beradi. Sud tomonidan qonun noto‘g‘ri qo‘llanilgani aniqlansa, yuqori sud instansiyasi munosabat bildiradi...Hurmatli, "XALQ NAZORATI" blogi vakili, yozishdan oldin o‘ylang!

Kommentariyalar

...