Raqamli hukumat

Ijtimoiy ahamiyatga doir maʼlumotlar eʼlon qilish

3.15 Ochiqlik sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar to‘g‘risidagi maʼlumotlarning eʼlon qilinishi

2026 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGASHI FAOLIYATIDA OCHIQLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA TAKLIFLAR
  1. Sudyalar oliy kengashi faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, ochiq maʼlumotlarni shakllantirish va belgilangan muddatlarda eʼlon qilishga masʼul bo‘lgan xodimlar uchun ochiqlikni baholash mezonlari talablarini to‘liq va sifatli bajarishga qaratilgan o‘quv-seminarlar tashkil etish.

  2. Kengash faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikning xabardorlik darajasini o‘rganish, Kengashning ijobiy imijini mustahkamlash hamda fuqarolarning sudyalar korpusini shakllantirish jarayonlariga bo‘lgan munosabatini tizimli tahlil qilish maqsadida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish va ularning natijalari asosida tahliliy xulosalar tayyorlash.

  3. Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash, sudyalarni lavozimga tavsiya etish, ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasini baholash, sudyalar daxlsizligi hamda odob-axloq qoidalariga rioya etilishi kabi Kengash faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha alohida targ‘ibot va axborot roliklarini tayyorlash hamda ularni Kengashning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muntazam joylashtirib borish.

  4. Sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayyorlash, sudyalarning kasbiy malakasini oshirish, ularning mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan turkum axborot-tahliliy materiallar tayyorlash hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.

  5. Sudyalar oliy kengashi faoliyatini xorijiy ommaviy axborot vositalari va xalqaro axborot maydonida yoritishni kuchaytirish, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sudyalarni tanlash va tayinlash tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga oid bosma, foto, audio va videomateriallar tayyorlash hamda muntazam eʼlon qilib borish.

  6. Sudyalar oliy kengashi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tasdiqlangan hujjatlar, Kengash qarorlari va boshqa ochiq axborotlarni belgilangan tartibda rasmiy veb-saytga joylashtirish, shuningdek, Kengash faoliyatiga oid foto, audio va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini muntazam yangilab borish.

  7. Sudyalar oliy kengashi faoliyatiga oid barcha ochiq maʼlumotlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda eʼlon qilish, ularning dolzarbligi va ishonchliligini taʼminlash hamda muntazam yangilab borish. Bunda davlat siri, xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan maʼlumotlar, shaxsga doir maʼlumotlar va qonunchilikka muvofiq oshkor etilishi cheklangan boshqa axborotlar bundan mustasno hisoblanadi.


2025 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGASHI FAOLIYATIDA OCHIQLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA TAKLIFLAR
  1. Kengashning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat uchun masʼul tarkibiy tuzilmasi tomonidan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini o‘rganish, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari, jarayonlar va lavozimlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida Kengash xodimlari o‘rtasida muntazam ravishda anonim so‘rovnomalar o‘tkazish. To‘plangan maʼlumotlar tahlili asosida qo‘shimcha profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirilgan ishlar natijasi to‘g‘risidagi umumlashtirilgan hisobotni Kengashning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.

  2. Sudyalik lavozimlariga eʼlon qilingan bo‘sh ish o‘rinlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, hujjatlarni topshirish tartibi, tanlov bosqichlari va ularning natijalari to‘g‘risidagi ochiq maʼlumotlarni Kengashning rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida belgilangan tartibda muntazam eʼlon qilib borish.

  3. Keng jamoatchilik vakillarining Sudyalar oliy kengashi faoliyati haqidagi xabardorlik darajasini yanada oshirish maqsadida Kengashning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida rahbariyat va masʼul xodimlar ishtirokidagi onlayn muloqotlar, savol-javoblar va jonli efirlarni muntazam tashkil etish.

  4. Sud-huquq sohasini rivojlantirish, sud hokimiyati mustaqilligini mustahkamlash, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida har oyda kamida bir marotaba Kengashning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida infografik maʼlumotlarni joylashtirib borish.

  5. Sudyalar oliy kengashi faoliyatida xalqaro standartlar, ilg‘or xorijiy tajriba va sud hokimiyati mustaqilligini baholash mezonlarini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan keng jamoatchilik uchun brifing tashkil etish.


2024 YIL DAVOMIDA SUDYALAR OLIY KENGASHI FAOLIYATIDA OCHIQLIKNI TAʼMINLASH BO‘YICHA TAKLIFLAR
  1. Sud-huquq sohasini rivojlantirish, sud hokimiyati mustaqilligini taʼminlash, sudyalar korpusini shakllantirish hamda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayyorlash bo‘yicha davlat dasturlari, farmonlar, qarorlar va boshqa hujjatlarda Sudyalar oliy kengashi masʼul etib belgilangan topshiriqlar hamda ularning ijro holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni har chorak yakuni bo‘yicha Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtirib borish.

NAMUNA

Davlat dasturida Sudyalar oliy kengashi masʼul etib belgilangan topshiriqlar ijro holati to‘g‘risida

MAʼLUMOT T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddati Masʼul ijrochilar Ijro holati (bugungi kunda)
1 2 3 4 5 6

Izoh: davlat dasturlari va boshqa dasturiy hujjatlarda Sudyalar oliy kengashi masʼul etib belgilangan topshiriqlar hamda ularning ijrosi to‘g‘risidagi maʼlumotlar har chorak yakunidan keyingi oyning 15-sanasiga qadar Kengashning rasmiy veb-saytiga joylashtirib boriladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5729-son Farmonidan kelib chiqib, Kengash faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarga ko‘proq duch kelishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari, funksiyalar va lavozimlarni aniqlash, baholash hamda ularni minimal darajaga tushirish bo‘yicha tegishli choralarni amalga oshirish.

Bu borada Kengash xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va odob-axloq qoidalariga rioya etish bo‘yicha muntazam o‘qitish, ularning ushbu yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish, shuningdek, profilaktik tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish zarur.

  1. Sudyalar oliy kengashida ochiqlikni taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar haqida jamoatchilikni keng xabardor qilish maqsadida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 iyundagi «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-154-son Farmoni ijrosi doirasida Kengash tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar haqida har chorakda kamida bir marotaba brifing tashkil etish.

Brifinglarda sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash, sudyalarni lavozimga tavsiya etish, sudyalar kasbiy faoliyatini baholash, ularning mustaqilligi va daxlsizligini taʼminlash, sudyalar odob-axloq qoidalariga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari haqida ochiq axborot taqdim etish tavsiya etiladi.

  1. Sudyalar oliy kengashining boshqaruv va ichki nazorat tizimini takomillashtirish, xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, korrupsiyaviy xavf-xatarlar yuqori bo‘lishi mumkin bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari, jarayonlar va lavozimlarni o‘z vaqtida aniqlash maqsadida Kengash xodimlari o‘rtasida muntazam anonim so‘rovnomalar o‘tkazish hamda to‘plangan maʼlumotlar tahlili asosida qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

Anonim so‘rovnomalar natijalari bo‘yicha umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni shaxsga doir va qonunchilikka muvofiq oshkor etilishi cheklangan maʼlumotlarni istisno qilgan holda Kengashning rasmiy veb-saytida eʼlon qilib borish.