Rasmiy veb-saytlarida axborotlarni joylashtirish
2.12 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilinishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
“JISMONIY VA YURIDIK SHAXSLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 15-avgustda qabul qilingan Senat tomonidan 2017-yil 24-avgustda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-378-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 12, 340-modda) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin; ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-sentabr,
O‘RQ-445-son