O‘zbekistonda AES qurilishining birinchi bosqichi boshlandi. Energiya bloklari qachon ishga tushiriladi?

O‘zbekistonda kichik AESning reaktori uchun kotlovan qazish ishlari boshlandi — loyiha qurilish bosqichiga o‘tmoqda. Energiya bloklarini ishga tushirish 2029−2035-yillarga mo‘ljallangan. Kichik va yirik AESlarni bir vaqtning o‘zida joylashtirish natijasida “MVt·s nuqtai nazaridan eng tejamkor variant” kutilmoqda.